AsosiyJamiyat

To`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to`lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda

'To`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to`lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda'ning rasmi

Bugungi kunda ko`pchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar hamda o`qishini bir oliy ta`lim muassasasidan boshqa oliy ta`lim muassasasiga ko`chirayotgan talabalar uchun kontrakt  to`lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish bo`yicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va to`lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lumot o`rnida, Davlat komissiyasining tegishli yig`ilish bayoniga asosan respublikamizdagi davlat oliy ta`lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to`lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to`lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yilning 20 noyabr sanasi etib belgilangan edi. 

    Boshqa yangiliklar