AsosiyJinoyat

Toshkentda yigit tanish qizini avval yalong`och rasmlarini yuborishga ko`ndirdi, keyin esa ularni tarqatish bilan qo`rqitib 5 ming AQSh dollari talab qildi

'Toshkentda yigit tanish qizini avval yalong`och rasmlarini yuborishga ko`ndirdi, keyin esa ularni tarqatish bilan qo`rqitib 5 ming AQSh dollari talab qildi'ning rasmi

Tovlamachilik yo`li bilan daromad orttirish niyatida jinoyat sodir etgan shaxsga sud hukmi o`qildi. Bu haqda  Toshkent shahar sudi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Jamshid Abdullaev (ism-shariflar o`zgartirilgan) tovlamachilik orqali pul topish maqsadida Shohida Jabborova bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashib yuradi. Jamshid ancha vaqtgacha Shohida bilan internetda gaplashib yuradi, keyinchalik IMO messejeri yordamida u bilan jonli muloqot qilishga muvaffaq bo`ladi. Shunday suhbatlarning birida u qizni yalang`och holda videotasvirga tushib, yuborishga ko`ndiradi. Videotasvirni qo`lga kiritgan Jamshid uni o`ziga tegishli uyali aloqa vositasining xotira kartasiga yuklab oladi. Jamshidda mazkur videotasvir orqali Shohidadan pul undirish fikri tug`iladi. U “Telegram” messendjerida profil ochib, so`ng ushbu profil orqali Shohidaga aloqaga chiqadi. Unga o`zining uyali aloqa vositasi xotira kartasida saqlab kelayotgan videotasvirlarning skrinshotini yuborib, agar 5000 AQSh dollari bermasa, bu videotasvirni yaqinlariga yuborish bilan tahdid qiladi. Shohida undan bu uyatsiz videoni qarindoshlariga yubormaslikni iltimos qilib, 2500 AQSh dollari bera olishini aytadi. Shundan keyin Jamshid unga pulni yaqin atrofda joylashgan savdo majmuasida qabul qilib olishini ma`lum qiladi.

Qarindoshini aldadi

Pulga o`zi borsa, Shohida uni tanib qolishidan cho`chigan Jamshid qarindoshi Usmon Ahadovga “Bir tanishimning menda qarzi bor, imkoning bo`lsa o`sha pulni olib kel. U pulni savdo majmuasiga olib keladi. 2500 AQSh dollarini olganingdan keyin manavi tilxat bilan xotira kartasini unga berasan”, deb Usmonni aldaydi. Jamshidning gapiga ishongan soddadil Usmon Ahadov pulni olish uchun Shohidaning yoniga jo`naydi. U uchrashuv belgilangan savdo majmuasining oldida Shohida Jabborova bilan uchrashib, pul mablag`larini olayotganda tezkor xodimlar tomonidan qo`lga olinadi.

Qozoq tilida muloqot qildi

Sud majlisida so`roq qilingan Jamshid Abdullaev o`z aybiga qisman iqrorligini, dastlabki tergovda bergan ko`rsatmalarini tasdiqlamasligini bildirdi. U Shohida Jabborova bilan o`quvchilik paytidan beri gaplashib yurishini, keyinchalik Xitoyga o`qishga ketganligi bois qiz bilan ko`risha olmaganini, faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilganini aytdi. Uning ma`lum qilishicha, Shohida bilan turmush qurmoqchi bo`lishgan, ammo qizning uyidagilar uni boshqa yigitga unashtirishgan. Bu narsa Jamshid Abdullaevga qattiq alam qilgan va go`yoki qiz uchun sarflagan pullarini shu yo`l bilan undirib olmoqchi bo`lgan. Shu maqsadda “Telegram” messendjerida profil ochib, qozoq tilida muloqot qilgan. Garchi sudlanuvchi Jamshid Abdullaev aybiga qisman iqror bo`lsa-da, uning aybi etarli dalillar bilan o`z isbotini topdi.

Jazo tayinlandi

Murodjon Mirzajonov, Jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudi raisi:

Jamshid Abdullaev Jinoyat kodeksining 165-moddasi, 1-qismi bilan aybli, deb topildi va unga shu modda bilan 4 yil muddatga sutkaning kechki soat 22:00dan ertasi kuni soat 06:00ga qadar ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar