2021 yil 16 noyabr kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 larda, noma`lum shaxs, yashash uyida hech kim yo`qligidan, darvozasi va uy eshigini ochiqligidan foydalanib, narxi 1.200.000 so`mlik “Artel” rusumli televizorini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Kosonsoy tumani IIB JQB tezkor vakili, JQB boshlig`i va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog`ida yashovchi, tumandagi maktabning 11 sinf o`quvchisi, 2004 yilda tug`ilgan fuqaro va sinfdoshi, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog`ida yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 noyabr` kuni O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






