AsosiyJamiyat

"Endi ko`p joylarga xabar bermasdan boraman". Qashqadaryo hokimi Qarshidagi tez tibbiy yordam markaziga kirib bordi

'"Endi ko`p joylarga xabar bermasdan boraman". Qashqadaryo hokimi Qarshidagi tez tibbiy yordam markaziga kirib bordi'ning rasmi

Kecha, 23 noyabr kuni shaharning bir qator ijtimoiy ob`ektlarini ko`zdan kechirgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov kechki payt Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga bordi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.

Ma`lum qilinishicha, filialda shifokorlar, bemorlar va ularning yaqinlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o`rgandi. Fuqarolarning o`zlaridan sharoit haqida fikr so`radi. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan tibbiyot sohasiga qaratilatgan e`tibor natijasida ko`plab samarali ishlar amalga oshirilayotgani, hududda karantin qoidalariga amal qilish, Prezidentimizning "Xalqni rozi qilish" tamoyili asosida ishni tashkil qilish kerakligi ta`kidlandi.

- Endi ko`p joylarga xabar bermasdan boraman, - dedi viloyat hokimi. - Asl holat ana shunda ayon bo`ladi. Bugungi xalqni aldab bo`lmaydi. Xalq vakili sifatida har bir rahbar bu narsani tushunishi kerak.

Viloyat hokimi markaz mas`ullari bilan suhbatlashganda hududning qurilish ishlari 2018 yil boshlangani, ammo, to`rt yil ichida ham oxiriga etmaganini ta`kidlashdi. Viloyat hokimi zudlik bilan shtab tashkil qilib, ertadan tezkor ish boshlanishini nazoratga olishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar