AsosiyJamiyat

Vazirliklarning hududiy bo`linmalari bitta binoga joylashtiriladi

'Vazirliklarning hududiy bo`linmalari bitta binoga joylashtiriladi'ning rasmi

Davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar samaradorligini oshirish orqali aholi farovonligini ta`minlash va “mobil boshqaruv apparati”ni yaratish  maqsadida 2022–2023 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident Farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko`ra, Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida quyidagilar ustuvor yo`nalish hisoblanadi:

  • davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash;
  • takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish;
  • rahbar o`rinbosarlarining yo`nalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash;
  • vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish;
  •  boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini to`liq raqamlashtirish;
  • “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish;
  •  davlat xizmatlarini to`liq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish;
  •  vazirlik va idoralarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga o`tkazish;
  •  tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo`linmalarini bitta ma`muriy binoga joylashtirish orqali aholiga “Yagona darcha” tizimi asosida xizmat ko`rsatishsh
  •  kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni to`liq joriy qilish;
  • o`z ustida ishlamaydigan va mas`uliyati bo`lmagan kadrlarga nisbatan “jamoaviy ta`sir”ni amalga oshirish;
  • vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish;
  • davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish;
  •  tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda o`tkazish tizimini takomillashtirish;
  •  xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish;
  •  mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish;
  • hokimlar, ularning o`rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash.

    Boshqa yangiliklar