AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligi “Yangi O`zbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirdi

'Sog`liqni saqlash vazirligi “Yangi O`zbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining “Yangi O`zbekiston shifokorlari” platformasi tibbiyot sohasining ana shunday faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirish maqsadida yaratildi.

Yangi platforma nafaqat yurtimiz, balki dunyoning istalgan hududida yashab, mehnat qilayotgan 45 yoshgacha bo`lgan shifokor vatandoshlarimiz uchun mo`ljallangan. U orqali mamlakatimiz tibbiyoti oldida turgan dolzarb masalalar va ularning echimlari bo`yicha yangi g`oya, taklif hamda tashabbuslar qabul qilinib, sog`liqni saqlash tizimi rivojiga bag`ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama etiladi.

Shuningdek, eng yaxshi g`oya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlik istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Yangi O`zbekiston tibbiyoti rivojiga o`z hissangizni qo`shmoqchimisiz? Ilg`or g`oya va tashabbuslaringizni ro`yobga chiqarish uchun maydon kerakmi? Unda shoshiling! Biz sizni hamkorlikka chorlaymiz!

Buning uchun https://ssv.uz/uz/vacancy?vacancy_id=6287 manzili orqali ro`yxatdan o`tib, soha oldida turgan dolzarb masalalarning echimlari bo`yicha o`z g`oya va takliflaringizni qoldiring. Ularning konfidensialligi ta`minlanadi.

Vatanga daxldorlik hissi va faol fuqarolik pozisiyangizni ko`rsatish fursati keldi. Sog`liqni saqlash vazirligi sizning har bir g`oya va taklifingizni qadrlaydi. Imkoniyatni boy bermang!i

    Boshqa yangiliklar