AsosiyJamiyat

Ombudsman Turkiya parlamenti vakillari bilan uchrashdi

'Ombudsman Turkiya parlamenti vakillari bilan uchrashdi'ning rasmi

Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ning Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi. Unda Turkiya hukumati va Parlamenti vakillari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi, deya xabar bermoqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati.

Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy masalalar bo`yicha bosh direktori Xakan Oztatar bilan o`tkazilgan uchrashuvda tomonlar O`zbekiston va Turkiya davlatlari munosabatlari har sohada rivojlanib borayotgani va bu ikkala tomon uchun ham manfaatli ekanligi qayd etilgan.

Ta`kidlanishicha, Turkiyada davlat va fuqarolar, yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi hamda oilaviy munosabatlardagi ziddiyatlar va nizoli muammolarni hal etishda yarashtiruv institutiga talab ortib bormoqda. 

Xakan Oztatarning so`zlariga ko`ra, hozirda Turkiya bosh Ombudsmani va Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi o`rtasida jismoniy va yuridik shaxslar o`rtasidagi masalalarni hal etish bo`yicha yarashtiruv institutidan keng foydalanish borasida mustahkam hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar