Tuttosport nashri 2021 yil yakunlariga ko`ra, Evropaning 21 yoshgacha bo`lgan eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan Golden Boy sovrini sohibini e`lon qildi.
Unga ko`ra, «Barselona»ning 18 yoshli yarimhimoyachisi Pedri ushbu sovringa munosib deb topildi.
Ispaniyalik o`yinchidan tashqari, ushbu sovrin uchun Karim Adeyemi («RB Zalsburg»), Jud Bellingem («Borussiya» Dortmund), Eduardo Kamavinga («Real»), Sharl de Ketelare («Bryugge»), Gavi («Barselona»), Brayan Hil («Tottenhem»), Rayan Gravenberx («Ayaks»), Meyson Grinvud («Manchester Yunayted»), Daniel Maldini («Milan»), Jamal Musiala («Bavariya»), Nunu Mendesh («PSJ»), Roberto Pikkoli («Atalanta»), Yeremi Pino («Vilyarreal»), Jovanni Reyna («Borussiya» Dortmund), Rodrigo («Real»), Bukayo Saka («Arsenal»), Florian Virts («Bayer»), Vilyam Saliba («Marsel»), Yurrien Timber («Ayaks») singari yosh o`yinchilar ham da`vogarlik qilgandi.
Sovrin 15 dekabr kuni Turinda futbolchiga topshiriladi.
Ma`lumot uchun, o`tgan yil «Golden boy» sovrini «Borussiya» forvardi Erling Holandga nasib qilgandi.






