AsosiyJamiyat

Endi 6 oyda sud eksperti bo`lish mumkin

'Endi 6 oyda sud eksperti bo`lish mumkin'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Sud ekspertiza sohasida dual ta`lim bo`yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

 Nizomga muvofiq, dual ta`lim bo`yicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriy asosda sud-ekspertizasining muayan turida faoliyat yuritish istagida bo`lgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida 6 oy davom etadi.

 Qayta tayyorlash kurslari yiliga 2 marta oktyabr va fevral oylarida bo`ladi.

 Sud-ekspertiza tashkilotlari kurs tashkil etilishi to`g`risida 3 oy oldin e`lon beradi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.

Kursga qabul qilish uchun 7 kishidan iborat komissiya tuziladi, kurslarning 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat bo`ladi.

 Tinglovchilar bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo`yicha baholanadi.

 Kurs bitiruvchilari kelgusida sud eksperti sifatida ishlashi mumkin.

    Boshqa yangiliklar