AsosiyJamiyat

Prezident O`zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish sohasidagi vazifalarni belgilab berdi

'Prezident O`zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish sohasidagi vazifalarni belgilab berdi'ning rasmi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

- 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming megavattga etkazish zarur (avvalgi rejada 8 ming megavatt quvvatni 2030 yilgacha barpo etish belgilangan edi);

- yirik sanoat korxonalari ham o`z energiya ta`minoti bo`yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak. Huddi shunday, aholi va tadbirkorlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini qo`llab-quvvatlash lozim;

- kelgusi besh yilda 8 ming megavattli quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurishda qariyb 6 milliard dollarlik butlovchi qism va materiallar xarid qilinadi. Shu munosabat bilan ularni mahalliylashtirish choralarini ko`rish lozim;

- barpo etiladigan elektr stansiyalariga 1 ming nafardan ziyod muhandis va qariyb 3 ming nafar o`rta bo`g`in mutaxassislari talab etiladi. Shuning uchun yil yakuniga qadar Navoiyda qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash markazi ishga tushiriladi. Navoiy, Sirdaryodagi o`quv markazlarida xalqaro standartlar asosida yiliga 200 nafar malakali mutaxassis tayyorlash yo`lga qo`yiladi.

Ayni paytda mutasaddilar yig`ilish mavzusi yuzasidan axborot bermoqda.

    Boshqa yangiliklar