Joriy yilning o`tgan davri mobaynida xalq ta`limi tizimida 8386 ta holatda mehnatni muhofaza qilish talablari buzilgan. Qolgan tizimlarda ushbu ko`rsatkich qanday?
AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzaeva majburiy mehnatni oldini olish, mehnatni muhofaza qilish va aholi bandligi masalalari yuzasidan ma`lumot berdi.
Brifingda qayd etilishicha, o`tgan 10 oy mobaynida Davlat mehnat inspeksiyasiga kelib tushgan 20 814 ta murojaatning 10 441 tasida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
- vakansiya va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun kvotalangan ish o`rinlariga joylashtirish bo`yicha qonunbuzilish holatlari;
- norasmiy ish o`rinlarini rasmiylashtirish bo`yicha qonunbuzilishlari;
- majburiy mehnat bo`yicha qonunbuzilishlari;
- mehnatni muhofaza qilish talablarini ta`minlamaslik yuzasidan qonunbuzilishlari tizimlar kesimida;
- baxtsiz hodisa oqibatida jabrlangan ishchi va xodimlar huquqlarini himoya qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar
️ Agar ish beruvchilar tomonidan Sizning mehnat huquqingiz buzilayotgan bo`lsa, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamiga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz sayti orqali o`zingizning buzilgan mehnat huquqlaringizni tiklash uchun murojaat qiling.






