Farg`onada sportning kamondan otish turi bo`yicha O`zbekiston kubogi musobaqalari bo`lib o`tdi.
Turnirda barcha yosh toifasida 100 dan ortiq sportchilar g`oliblik uchun o`zaro kurash olib borishdi va O`zbekistonning eng kuchli merganlari nomiga aniqlik kiritildi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi.
Qayd etilishicha, ilk marta paralampiyachilar uchun tashkil etilgan O`zbekiston chempionatida jami 11 nafar sportchi g`oliblik uchun kurash olib bordi.
Musobaqalar yakunida, g`olib va sovrindor bo`lganlar tashkilotchilar tommnidan medal, diplom va esdalik uchun qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishgan.






