AsosiyJamiyat

O`zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlar huquqlarini himoya qilish oyligi boshlandi

Toshkentda imkoniyati cheklangan insonlar huquqlarini himoya qilish oyligi boshlandi. Uning rasmiy ochilishi O`zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O`zbekistonning Nodavlat-notijorat tashkilotlari (NNT) uyushmasi qoshidagi Nogironlar NNTlarining maslahatlashuv kengashi tomonidan o`tkazilgan tadbir doirasida amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur oylikni o`tkazishdan maqsad nogironlar duch kelayotgan muammolar va barcha insonlarning teng huquqligini ta`minlash masalalariga jamoatchilik e`tiborini jalb etish hisoblanadi.

Umumjahon sog`liqni saqlash tashkilotining statistik ma`lumotlariga ko`ra, dunyo aholisining 15 foizini nogironlar tashkil etib, mazkur aholi guruhi dunyoning eng “katta ozchiligi” bo`lib hisoblanadi.  

1992 yildan boshlab BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan har yili 3 dekabrda xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi.

Joriy yil O`zbekistonda bo`lib o`tadigan  oylik doirasida nogironlar ishtirokidagi konsert dasturi va fotoko`rgazma bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar