AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`ladi?

'O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati O`zbekistonda dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

 Unga ko`ra dam olish bayram kunlarida O`zbekiston hududi markazi shimoliy Ural hududi ustida joylashgan sovuq antisiklon chegarasi ta`sirida bo`ladi.  

Respublikada ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, faqat 7 martga o`tar kechasi mamlakatimizning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida asosan yomg`ir ko`rinishida kuchsiz yog`ingarchilik bo`ladi.

Tungi harorat 0 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo`lishi mumkin, kunduzi havoning nisbatan sovuq bo`lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo`ladi, bu o`rtacha ko`p yillik haroratdan sal pastdir.

    Boshqa yangiliklar