Fransiya Milliy assambleyasi a`zosi Jan-Lyuk Reyser koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda France Bleu radiosi bergan ma`lumotga tayanib, "Kommersant`" xabar bermoqda. U og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda daryo internet nashri xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Jan-Lyuk Reyser 25 fevral kuni o`tkazilgan parlament yig`ilishida bo`lgan. Kasallik parlament bufeti xodimida aniqlangan. U uy karantinida saqlanmoqda.
Qayd etilishicha, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 420 kishidan oshib ketdi. Prezident Emmanuel Makron Fransiyada COVID-19 koronavirusining tarqalishi epidemiyaga aylanishi muqarrar ekanligini aytgan.
Avvalroq Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni ikki baravar ko`paygani haqida xabar berilgan edi. Pekin universiteti olimlari COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaradigan koronavirus butun dunyo bo`ylab tarqalish jarayonida evolyusion o`zgarishlarga uchraganini ma`lum qildi.






