AsosiyDunyo

Koronavirus: Saudiya Arabistonida ikkinchi bemor aniqlandi

'Koronavirus: Saudiya Arabistonida ikkinchi bemor aniqlandi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni sog`liqni saqlash vazirligi qirollikda koronavirus bilan kasallangan ikkinchi bemor aniqlangani haqida xabar berdi, deya yozdi Tarjumon. Bemor Saudiya Arabistoni fuqarosi bo`lib, u Bahrayn orqali Eronga borib kelgan va buni Saudiya rasmiylariga oshkor qilmagan.

Hozirda Eronda koronavirus avj olmoqda. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, bu mamlakatda 92 nafardan ko`proq odam virus qurboniga aylangan.

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, bemor kasalxonada karantinga olingan va u bilan aloqada bo`lganlarning barchasi koronavirus tekshiruvidan o`tkazilgan. Shuningdek, agar odamlarda virus haqida biron bir savol tug`ilsa, 937 raqamiga qo`ng`iroq qilishlari mumkinligi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar