AsosiyJamiyat

Koronavirus 87 davlatni zabt etdi. O`zbekistondagi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'Koronavirus 87 davlatni zabt etdi. O`zbekistondagi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 2020 yil 5 mart kuni soat 18:00 holatiga ko`ra, dunyoning 87 ta davlatida jami 96 893 nafar bemorlarda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan, ulardan 53 638 nafari sog`aygan, 3305 nafari vafot etgan. Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari COVID-19 koronavirus infeksiyasi dunyodagi 86 davlatda 16 471 ta holatda qayd etilgan. Kasallikning (bir sutkada) o`sishi: -Xitoy Xalq Respublikasida  157 nafar (0,2%), boshqa davlatlarda 2 149 nafarni  (17 %) tashkil etmoqda.

O`zbekiston Respublikasida 2020 yil 5 mart kuni soat 18:00 holatiga ko`ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi, deya xabar qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi markaziy shtabi

Joriy yilning 15 yanvaridan 4 martigacha bo`lgan davrda Xitoy Xalq Respublikasi va 29 fevral kunidan epidemik vaziyat noxush bo`lgan davlatlardan O`zbekistonga kelgan fuqarolar jami – 6 157 nafar (1105 nafari Xitoy va Koreya fuqarolari), ularning 1 267 nafarining salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Sanitariya-karantin punktlaridan 5 mart kuni soat 18:00 gacha Toshkent xalqaro aeroporti orqali horijiy davlatlardan 17 ta reys orqali 2 568 nafar, temir yo`llar orqali 1 ta poezdda jami 85 nafar shaxslar, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 117 ta avtotransportlarning egalari va 25 202 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazilgan. Ulardan oxirgi 15 kun ichida koronavirus tarqalgan davlatlarda bo`lgan shaxslar 29 nafar, ular orasida tana harorati me`yordan yuqori bo`lgan va yuqori nafas yo`llarining shamollash belgilari bo`lgan kishilar aniqlanmadi.

 

    Boshqa yangiliklar