Koronavirus infeksiyasi bilan yotqizilgan bemorlar haqidagi xabarlar yolg`on, deya ma`lum qildi Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi.
Rasmiylarga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infeksiyasining Samarqandga viloyatiga kirib kelganligi haqiqatdan yiroq. Shuningdek, RShTYoIMSF va viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasida koronavirus infeksiyasi bilan yotqizilgan bemorlar haqidagi xabarlar ham asossiz.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, radio jurnalistining Farg`onada koronavirus bilan og`rigan bemor borligi haqida xabari yolg`on bo`lib chiqqan edi.






