LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy yalpi majlisga oq qo`lqopda keldi. Uning ta`kidlashicha, bunday himoya mikrob va viruslarga qarshi kurashish uchun zarur vositadir. Jirinovskiy LDPRning barcha deputatlari bundan buyon qo`lqop kiyishini aytdi va boshqa barcha fraksiyalarni qo`l bilan salomlashishdan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda LDPR lideri Duma TV efiri orqali ma`lum qildi.
Shuningdek, LDPR rahbari konferensiya zalida deputatlarning stolidagi changning "namunalarini" olib tekshirtirishni va Davlat dumasining qaysi fraksiyasi ko`proq mikroblarga ega ekanligini solishtirishni taklif qildi.
Bundan tashqari, Vladimir Volfovich Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodindan tashqari hamma bilan uchrashganda unga qo`lini uzatishni taqiqladi.
"Menga qo`l uzatib salomlashishni hammaga taqiqlayman! Prezidentning o`zi menga qo`l uzatsa, men uni qo`lini olib so`rashaman, Vyacheslav Viktorovich bilan ham ... Qolgan hammaga taqiqlayman!", deb belgiladi Jirinovskiy.
Fraksiya rahbari o`z nutqi davomida oq qo`lqoplarini echib qo`llari bilan minbarni bir necha marta ishqalaganida, Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinni e`tiborini jalb qildi.
"Siz gapga berilib qo`lqoplaringizni echib, qo`llaringizni bir necha bor minbarga ishqaladingiz. Bizdagi muammolar aynan shundadir. Avval o`zimiz ixtiro qilamiz va keyin ixtirolarimizdan o`zimiz voz kechamiz. Ertalab siz bizga qo`lqoplar haqida muhim so`zlarni aytgan edingiz, hozir bo`lsa ularni o`zingiz echib tashladingiz. Endi esa mikroblari bor qo`lqoplaringizni kimdir olib ketishiga to`g`ri keladi”, deb ta`kidladi Vyacheslav Volodin.






