Birinchi ma`lumotni Sankt-Peterburgdan Simferopolga uchayotgan samolyot oldi. Samolyotda bomba borligi haqida anonim xabar kelganidan so`ng, samolyot bortida 124 yo`lovchisi bilan shoshilinch ravishda Rostov-Na-Donu aeroportiga qo`ndi.
Sheremetevodan Omskka parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti ham minalashtirilgani haqida xabar keldi. Aniqlanishicha, ushbu xabarga qaramay, samolyot ekipaji yo`nalishni o`zgartirmaslikka va belgilangan aeroportga qo`nmaslikka qaror qilgan.
Xavfli xabarni olgan yana bir samolyot Sheremetevodan parvoz qilayotgan Sukhoi SuperJet-100 bo`ldi. Bort Komi shahriga favqulodda qo`ndi.
Umuman olganda, oxirgi payt Rossiyaning ko`plab shaharlaridagi sud binolari, metro stansiyalari, samolyotlar, maktablar, bolalar bog`chalari, savdo markazlari, hatto bir marta "Ostankino" televizion markazi ham "minalashtirilgani" haqida xabar berilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, barcha anonim tahdid signallari tasdiqlanmagan.






