Eronning barcha viloyatlardagi ma`muriy markazlarida yangi turdagi koronavirus sabab juma namozlari rasman bekor qilindi. Bu haqda «TASS» tayanib xabar berilmoqda.
«Koronavirus tarqalishini nazorat qilish bo`yicha milliy shtabning qaroriga ko`ra, mamlakatning barcha viloyatlarning ma`muriy markazlarida ushbu haftada juma namozi o`qilmaydi», — deyiladi xabarda.
O`tgan hafta Tehronda juma namozlari bekor qilingan edi.
Eron Sog`liqni saqlash vazirligi 19 fevral kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallangan birinchi holat qayd etilganini ma`lum qilgandi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Eronda koronavirus bilan zararlanish bo`yicha tasdiqlangan holatlar soni 2336 taga etgan.






