Oliy majlis qonunchilik palatasining deputati Rasul Kusherbaev Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovichni O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo`mitasi raisi lavozimiga tasdiqlash haqida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilingani haqida xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, ushbu masala palataning yalpi majlisida ko`rib chiqilgan.
Sh. Abdurazzoqov ayni vaqtga qadar Namangan shahar hokimi vazifasida mehnat qilmoqda edi.
Yangi rahbar raisligidagi sohada nazorat kuchaytirilib, asossiz ravishda daraxtlar kesilmasligiga umid qilamiz, deya izoh qoldirmoqda deputat o`z blogida.






