Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «To`maris» gazkondensat konidagi 12-sonli quduqda burg`ulash ishlari tugatildi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" Matbuot xizmati darakchi.uzga ma`lum qildi.
Ushbu quduqning 2036-2031 m intervallar oralig`ida perforasiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma`lumot uchun: «To`maris» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan bo`lib, 2019 yil dekabr oyida ishga tushirilgan.






