AsosiyJamiyat

"Chupakabra" deb nomlanayotgan shoqol otib o`ldirildi

'"Chupakabra" deb nomlanayotgan shoqol otib o`ldirildi'ning rasmi

2020 yil mart oyining boshlarida tungi vaqtlarda Oqdaryo tumani “Yangihayot” mahalla fuqarolari yig`iniga qarashli Yangihayot, Yangiqo`rg`on hamda Galaravot qishloqlaridagi xonadonlarda ochiq va qarovsiz qolgan qo`y va tovuqlarga “yovvoyi hayvon” hamla qilib ketayotganligi haqida gap-so`zlar tarqaldi.

Samarqand IIB tomonidan holatni o`rganish maqsadida zudlik bilan tuman Ichki ishlar bo`limi, tuman hokimligi, tuman DSENM, tuman Veterinariya va ko`ngilli fuqarolardan iborat ishchi guruh tuzilgan.

 4 mart kuni “Yangihayot” mahallasida mahalla fuqarolari bilan yig`ilish o`tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Jumladan, tuman hududidagi ovchilik jamiyatiga a`zo bo`lgan ovchilar ko`ngilli tadbirga jalb etildi va Yangihayot mahallasi qishloqlaridagi xonadonlarda tekshirish ishlar tashkil etildi. Taxminan soat 16:00 larda Yangihayot qishlog`idan o`tib ketayotgan “yovvoyi hayvon” ya`ni “shoqol” aniqlanadi va ovchilar tomonidan otish yo`li bilan yo`q qilindi.

    Boshqa yangiliklar