AsosiyJamiyat

Samarqand hokimi shahardagi tramvaylar xizmatini yaxshilamoqchi

'Samarqand hokimi shahardagi tramvaylar xizmatini yaxshilamoqchi'ning rasmi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Chexiyaning “Pragolmex” kompaniyasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Milan Tomesh bilan uchrashdi. Bu haqda Xalq so`zi muxbiri ma`lumot bermoqda.

Ishlab chiqargan tramvaylari bilan jahonga tanilgan mazkur kompaniya etti yil ilgari poytaxtimizda o`z vakolatxonasini ochgan edi. Bugungi kunda ham kompaniya tramvaylari Samarqand ko`chalarida aholiga yo`lovchi tashish xizmatini ko`rsatib kelmoqda.

Viloyat hokimligida bo`lib o`tgan uchrashuvda “Pragolmex” kompaniyasi tomonidan Samarqand shahriga yangi tramvaylarni olib kelish, temir yo`llarni loyihalashtirish hamda qurish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

- Kompaniyamiz ikki yildan buyon Samarqandda muvaffaqiyatli ish olib boryapti, - deydi Milan Tomesh. - Tez orada ikkita yangi tramvay yo`nalishi qurilishi munosabati bilan yana 42 ta yangi tramvay olib kelishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, yangi qurilajak tramvay deposini ham xalqaro standartlarga javob berishi uchun qo`limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.

Uchrashuvda chexiyalik tadbirkor har biri 800 ming AQSh dollarida baholanuvchi tezkor tramvaylar keltirish taklifini ham berdi. Viloyat hokimi barcha takliflarni o`rganib, shahar yo`lovchi transporti ahvolini yanada yaxshilash bo`yicha mazkur kompaniya bilan hamkorlik qilishni ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar