Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan respublika prokuraturasi hamda IIV xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Mo`ynoq tumani aholi bandligiga ko`maklashish markazi inspektori Sh.B. xizmat mavqeidan foydalanib, tamagirlik yo`li bilan teri-tanosil kasalliklari dispanserida mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan o`tkazilgan tekshirish natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik hamda dispanser mansabdor shaxslariga nisbatan qonuniy chora ko`rmaslik evaziga hisobchi B.Q.dan 2,5 mln so`m pora talab qilib, shundan, 2 mln so`mni olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Bosh prokuratura bergan ma`lumotlarga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Sh.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






