“Amilee bahora xususiy bandlik agentligi” MChJga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralarini ko`rish, lisenziyalanadigan faoliyat turini kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar to`xtatib turish masalasi yuzasidan avvalroq bayonot berilgan edi.
Tashqi menat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmmtining ma`lum qilishicha, “Amilee bahora” xususiy bandlik agentligiga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug`ullanish uchun berilgan lisenziya 2020 yilning 4 mart kunidan boshlab bekor qilindi.
Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatini lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi Nizomda belgilangan talablarga binoan, “Amilee bahora” MChJ lisenziyasini bekor qilish to`g`risida qaror qabul qildi.






