Chiroqchi va Mirishkorda imtiyozli kredit-mablag`larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Qishloqqurilishbank” Ko`kdala filiali mansabdor shaxslari va boshqalar, bank filialidan 2019 yilda 119 nafar fuqarolar nomiga chiqarilgan 1,4 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`larini hujjatlarni soxtalashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Mirishkor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Agrobank” Mirishkor filialida boshqaruvchi lavozimida ishlagan R.J. va boshqalar, imtiyozli kredit mablag`larini ajratish uchun soxta shartnomalar tuzishib, jami 52 nafar fuqarolarga ajratilgan 925,1 mln so`m imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






