AsosiyJamiyat

Biometrik pasport o`rniga ID-kartalari beriladi

'Biometrik pasport o`rniga ID-kartalari beriladi'ning rasmi

“Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 148-bandida ayni shu to`g`risidagi chora-tadbirlar belgilangan.

Unga ko`ra, Respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida O`zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti o`rniga identifikasiyalash ID-kartalarini berish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bu borada 2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqiladi.

Bunda:

– shunga o`xshash tizimlarning joriy etilishi va uning “Elektron hukumat” tizimlariga integrasiyasi bo`yicha xorijiy tajribani hisobga olgan holda, loyihaoldi o`rganishni o`tkazish;

– loyihani amalga oshirishni boshlash maqsadida texnik-loyiha va me`yoriy hujjatlarni, jumladan standartlarni tayyorlash;

– davlat organlarining texnologik infratuzilmasini, jumladan ma`lumotlar uzatish tarmoqlari, apparat-dasturiy ta`minot tizimlari va boshqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

– loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;

– yangi tug`ilgan barcha shaxslarga va 16 yoshga to`lmagan shaxslarga Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqamini (JSh ShIR) biriktirish, barcha jismoniy shaxslarga elektron ko`rinishdagi davlat xizmatlari ko`rsatish va ularni identifikasiya qilish uchun farzandlarni ota-ona ma`lumotlari bilan bog`lash nazarda tutiladi.

    Boshqa yangiliklar