AsosiyJamiyat

Qarshida YTH oqibatida bir kishi halok bo`ldi

'Qarshida YTH oqibatida bir kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 2-mart kuni tungi soat 20:30 larda Qarshi tumani hududida “Qarshi-Beshkent” yo`lida o`zining “Neksiya-2” rusumli, 70 K 522 KA davlat belgili avtomashinasida harakatlanib kelayotgan tumanning Alisher Navoiy MFY Yakkayog`och massivi 10-uyda istiqomat qiluvchi K.O Qarshi tumani MIB binosi ro`parasida yo`lning o`ng tarafidan chap tarafiga velosipedda kesib o`tayotgan tumanning Kojor qishlogida yashovchi X.Vni urib yuborib, yo`l-transport hodisasini sodir etgan. Natijada fuqaro V.X yo`l-transport hodisasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fukaro O.Kga nisbatan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Shu o`rinda yo`l harakati ishtirokchilariga harakatlar vaqtida diqqatli bo`lishlarini so`rab qolamiz.


 

    Boshqa yangiliklar