AsosiyJamiyat

MIB : Navbahorda 19 ta holatda korroziya natijasida gaz quvurlarida teshiklar hosil bo`lganligi aniqlandi

'MIB : Navbahorda 19 ta holatda korroziya natijasida gaz quvurlarida teshiklar hosil bo`lganligi aniqlandi'ning rasmi

Prezidentimizning 29.05.2017 yildagi 5059-sonli Farmoniga asosan, byuro organlariga bevosita iste`molchilar tomonidan foydalanilgan energiya resurslari hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga etkazib berilgan hajm o`rtasidagi tafovutlarni aniqlash vazifasi yuklatilgan.

Farmon talablarini bajarish maqsadida, byuroning Navbahor bo`limi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida, joriy yilning 11-15-fevral kuni 19 ta holatda korroziya natijasida gaz quvurlarida tirqishlar, uzilishlar, teshiklar hosil bo`lganligi, gaz hidi anqib turganligi aniqlangan va bu haqda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, tuman gaz ta`minotiga kamchiliklar bartaraf etish hamda yo`qotilgan gaz hajmini aniqlash uchun yuborilgan.

Misol uchun, joriy yilning 11 fevral kuni soat 11:25 larda «Yangi Hayot» MFYdan o`tuvchi er usti past bosimli diametri 79 mm bo`lgan gaz quvuridan taxminan 25-30 kundan buyon gaz hidi anqib turganligi, nafas olganda sezilishi, tabiiy gaz hidi kelib turganligi aniqlandi va belgilangan tartibda «Navbahor tumangaz» filialiga xabar berilib, bartaraf qilingan.

Hozirda, bunday salbiy holatlarning oldini olish hamda xonadonlarda mexanik hisoblagichlardan foydalanilishi natijasida etkazib berilgan va iste`mol qilingan gaz hajmlari o`rtasida tafovutlarni bartaraf etish bo`yicha ta`minotchi korxonalarga bu haqida ma`lum qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar