Toshkent viloyati. 2020 yilning 28 fevral kuni noma`lum shaxs Toshkent tumani Qorasaroy ko`chasida qarovsiz qoldirilgan, 24 yoshli Sh.X. ning boshqaruvida bo`lgan “Spark” avtomashinasini haydab qochgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ko`rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan va hozirda manzil koloniyasida jazo o`tayotgan mahkum, 21 yoshli A.Y. sodir etganligi aniqlanib, olib qochgan avtomashinani Toshkent shahar hududida boshqarib kelayotgan vaqtida ushlangan. A.Y. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.






