AsosiyJamiyat

Koreyadagi O`zbekiston fuqarolari va ularning oila a`zolari uchun muhim e`lon!

'Koreyadagi O`zbekiston fuqarolari va ularning oila a`zolari uchun muhim e`lon!'ning rasmi

2020 yil 29 fevraldan boshlab O`zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi huzurida Tezkor shtab ish boshladi va u Koreya Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog`liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko`rsatadi. Bu haqda  Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norov o`zining rasmiy telegram kanalida ma`lum qilgan.  Shtab a`zolari O`zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o`tkazmoqda, tushuntirish ishlari olib bormoqda, tashkiliy-texnik masalalarni hal qilmoqda.

Elchixonaning rasmiy veb-saytida va Facebookdagi sahifasida, Facebook va telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Uzbek students in Korea” guruhlarida tezkor axborotlar doimiy asosda joylashtirilmoqda.

Elchixona Janubiy Koreya tomonining vakolatli organlari bilan muntazam aloqada bo`lib turibdi va fuqarolarimizning konsullik-huquqiy ahamiyatdagi va boshqa turdagi masalalarini hal qilishga ko`maklashmoqda. Xususan, Koreya Respublikasi Adliya vazirligi mamlakatda qonuniy asosda bo`lib turgan barcha O`zbekiston fuqarolarining ID-kartalari amal qilish muddatini bir oyga uzaytirdi.

Operativ shtab bergan ma`lumotga qaraganda, 3 mart ertalab holatiga ko`ra Koreya Respublikasi hududidagi O`zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Elchixona yana bir bor hamyurtlarimizga o`z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to`g`risidagi qarorlarini jiddiy o`ylab ko`rishni tavsiya qiladi. Koreya Respublikasi hukumati ilg`or tibbiyot texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko`rmoqda. Kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga davolash bilan bog`liq bepul malakali tibbiy xizmat ko`rsatilishini kafolatlaydi.

Tezkor shtab a`zolarining telefon ma`lumotlari:

O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi

(+82) 2 574-65-54; (+82) 2 577-36-60

Zokir Saidov — (+82) 10-7281-7731

Alisher Abdusalomov — (+82) 10-3213-1972

Erkin Xodjaev — (+82) 10-2674-7798

Akbarjon To`raev — (+82) 10-6659-4504

Haydar Fayziev — (+82) 10-6802-1969

Abdumannon Isanov — (+82) 10-3213-4505

Ayubxon Abdullaev (“Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi) — (+82) 10 8718-6850

Alisher Sulaymonov (Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi)

(+82) 10-9910-0057

Elchixona Internet-resurslari:

Elchixona veb-sayti: http://uzbekistan.or.kr/

Elchixonaning Facebookdagi sahifasi:

https://www.facebook.com/Embassy-of-the-Republic-of-Uzbekistan-in-Seoul-1262723603749230/

Facebookdagi “Uzbek students in Korea” guruhi:

https://www.facebook.com/groups/1225827444169019/

Telegramdagi “Uzbek students in Korea” guruhi:

https://t.me/uzbek_students_korea

    Boshqa yangiliklar