AsosiyJamiyat

Kunjut yog`ini badanga surtish koronavirus yuqmasligi kafolatimi?

'Kunjut yog`ini badanga surtish koronavirus yuqmasligi kafolatimi?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi. Bu haqda vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda

Unda yangi koronavirus kasalligi haqida qisqacha ma`lumot berilgan, koronavirus alomatlari, xavf guruhiga kimlar kirishi haqida so`z boradi. Koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bormi, yuqtirib olish xavfini qanday kamaytirish mumkin, degan savollarga qisqa va aniq javob berilgan. Maktab va bolalar bog`chasi ma`muriyati hamda xorijiy davlatlarga safarga yo`l olganlar uchun alohida eslatmalar keltirilgan. Shuningdek, virus haqida xalqimiz orasida aytilayotgan turli uydirmalarga ham e`tibor qaratilgan. Jumladan, Xitoydan xat yoki jo`natmalar olish xavfsiz ekani, kunjut yog`ini badanga surtish koronavirusning organizmga kirishini to`xtatishda yordam bermasligi aytilgan. 

Tavsiyalarga ko`ra, har bir inson sog`lom turmush tarziga amal qilishi, doimo qo`llarini sovun bilan yaxshilab yuvishi, yo`talganda va aksa urganda bir marotabalik salfetkalardan foydalanishi, faqat qaynatilgan yoki qadoqlangan suv iste`mol qilishi lozim. Agar tana haroratingiz ko`tarilib, yuqori nafas yo`llari kasalliklarini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qilishingiz so`raladi. 

    Boshqa yangiliklar