AsosiyJamiyat

O`zbekiston koronavirus tufayli qancha mablag` yo`qotishi mumkinligi ma`lum qilindi

'O`zbekiston koronavirus tufayli qancha mablag` yo`qotishi mumkinligi ma`lum qilindi'ning rasmi

2020 yil oxirida O`zbekiston iqtisodiyoti koronavirus tarqalganligi tufayli Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan manfaatli savdo munosabatlarida 960 million dollardan ko`proq zarar ko`rishi mumkin, deydi iqtisod fanlari nomzodi Sergey Voronin «Review.uz» nashriga ma`lumot bergan.

Ekspertning fikricha, davlat byudjeti bir nechta jihat bo`yicha zarar ko`radi. Importga qo`shilgan soliq tushumlari kutilgan 2,9 foizni tashkil qilmasligi va 1,5 foizgacha, davlat bojlari 0,4 dan 0,2 foizgacha, aksiz solig`i esa YaIMga nisbatan hisoblaganda 0,1 dan 0,05 gacha tushib ketishi mumkin. 2019 yilda Respublikadagi YaIM 58,3 milliard dollar bo`lganini inobatga olib 2020 yildagi zarar miqdori 960 million dollard (YaIMning 1,65 foizi) atrofida bo`lishi taxmin qilingan.

O`tgan yili Xitoy O`zbekistonning asosiy savdo hamkori bo`lgan, XXRning tashqi savdodagi ulushi 18 foizni tashkil qilgan, tovar almashinuvi esa 7,6 milliard dollar miqdorida ekani ma`lum qilingandi.

O`zbekiston Xitoyga energiya vositalari va neft, to`qimachilik mahsulotlarini eksport qiladi, mashina hamda uskunlar, shuningdek, kimyo sanoatining xom ashyosini esa import qiladi. Shu sababli COVID-19 koronavirusining tarqalgani iqtisodiyotning barcha jabhalariga salbiy ta`sir qiladi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni ham talofat ko`rishi mumkin. O`zbekistondagi katta sanoat korxonalarining ayrimlarining xom ashyo va uskunalarning asosiy etkazib beruvchisi Xitoy hisoblanadi.

O`tgan yili tadbirkorlikda Xitoy kapitali ishtirokida jami 531 ta kompaniya yaratilgan va XXR biznesmenlari bu ro`yxatda etakchilik qilgandi. 2020 yilda ushbu natijaning takrorlanishi katta so`roq ostida qolgan. Turizm ham zarar ko`radi, sayyohlar oqimi kamayishi kutilmoqda.

Soliq to`lovchi katta korxonalarga soliqlar bo`yicha prognozlarni qayta ko`rib chiqish, ushbu rejalarni bajarish uchun davlat tomonidan ularga qanday yordam talab etilishini ko`rsatish tavsiya qilinadi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar