AsosiyJamiyat

Koreya Respublikasidagi O`zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan

'Koreya Respublikasidagi O`zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan'ning rasmi

2020 yil 29 fevraldan boshlab O`zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab o`z ishini boshladi va u Koreya Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog`liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko`rsatadi.

Shtab a`zolari O`zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o`tkazmoqda, tushuntirish ishlari olib bormoqda, tashkiliy-texnik masalalarni hal qilmoqda.

Elchixonaning rasmiy veb-saytida va Facebook’dagi sahifasida, Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi «Uzbek students in Korea» guruhlarida tezkor axborotlar doimiy asosda joylashtirilmoqda.

Elchixona Janubiy Koreya tomonining vakolatli organlari bilan muntazam aloqada bo`lib turibdi va fuqarolarimizning konsullik-huquqiy ahamiyatdagi va boshqa turdagi masalalarini hal qilishga ko`maklashmoqda. Xususan, Koreya Respublikasi Adliya vazirligi mamlakatda qonuniy asosda bo`lib turgan barcha O`zbekiston fuqarolarining ID-kartalari amal qilish muddatini bir oyga uzaytirdi.

Operativ shtab bergan ma`lumotga ko`ra, 3 mart ertalab holatiga ko`ra Koreya Respublikasi hududidagi O`zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Elchixona yana bir bor hamyurtlarimizga o`z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to`g`risidagi qarorlarini jiddiy o`ylab ko`rishni tavsiya qiladi. Koreya Respublikasi Hukumati ilg`or tibbiyot texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko`rmoqda. Kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga davolash bilan bog`liq bepul malakali tibbiy xizmat ko`rsatilishini kafolatlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a`zolarining telefon ma`lumotlari:

O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

(+82) 2 574-65-54; (+82) 2 577-36-60

Zokir Saidov - (+82) 10-7281-7731

Alisher Abdusalomov - (+82) 10-3213-1972

Erkin Xodjaev - (+82) 10-2674-7798

Akbarjon Turaev - (+82) 10-6659-4504

Xaydar Fayziev - (+82) 10-6802-1969

Abdumannon Isanov - (+82) 10-3213-4505

Ayubxon Abdullaev («Uzbekistan Airways» AJ vakolatxonasi) - (+82) 10 8718-6850

Alisher Sulaymonov (O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi)

(+82) 10-9910-0057

    Boshqa yangiliklar