AsosiyJamiyat

O`zbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini jo`natdi

'O`zbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini jo`natdi'ning rasmi

Bugun, 3 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston prezidentining birodar Xitoy xalqiga do`stona yordamining ikkinchi partiyasi jo`natildi.

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi bosqichi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda shakllantirildi.

Bu gal “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan tayyorlangan maxsus tibbiy kiyimlar, tibbiy niqoblar va tibbiy dokalar jo`natildi.

Eslatib o`tamiz, 12 fevral kuni O`zbekiston Xitoyga tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordamining birinchi partiyasini yuborgandi.

Bu koronavirusning yangi turiga (nCoV-2019) qarshi kurashish va uning tarqalishini cheklash bo`yicha Xitoy tomonining sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlash va uni bartaraf etish bo`yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni ta`minlash maqsadida amalga oshirildi.

Boshqa yangiliklar