AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi

'Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatda yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlanganini ma`lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” nashri.

«Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, olingan tahlil natijalari Erondan Bahrayn orqali kelgan podshohlik fuqarosida koronavirus borligini tasdiqladi. Ushbu inson bilan aloqada bo`lganlar ham tekshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Erondan Bahraynga qaytgan to`rt nafar Saudiya Arabistoni fuqarosida ham koronavirus aniqlangan edi. Bahrayn hukumati bilan kelishuvga ko`ra, ular o`sha erda davolanadigan bo`lgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlangan.

    Boshqa yangiliklar