2020 yilning 24-30 mart kunlari Samarqand viloyatida O`zbekiston ekstremal va tog` turizmi federasiyasi, viloyat hokimligi va Turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan “Hikoyalar karvoni” loyihasi doirasida yoshlar turistik festivali va sport turizmi bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkaziladi.
Festival doirasida musobaqalar o`tkaziladigan joylar:
- 24 mart Jomboy tumanidagi "Zarafshon" milliy tabiiy bog`ida;
- 25 mart Samarqand shahridagi "Afrosiyob" hududida;
- 26-29 mart Samarqand tumanidagi "Sitora" oromgohida.






