AsosiyJamiyat

Talabalariga shartnoma pulini to`lashda yangi imkoniyat taqdim etiladi

'Talabalariga shartnoma pulini to`lashda yangi imkoniyat taqdim etiladi'ning rasmi

Endi talabalar shartnoma pulini o`quv yili davomida kamida to`rt marotaba teng ulushlarda to`lashi mumkin.

Bu haqda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ko`zda tutilgan.

Unga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020/2021 o`quv yilidan boshlab respublika oliy ta`lim muassasalari talabalariga o`quv yili davomida teng ulushlarda kamida to`rt marotaba o`qish uchun to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishi topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar