AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi

'O`zbekistonda “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida” Prezident Farmoni imzolandi.

Farmoni bilan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo`nalishlari bo`yicha amalga oshiriladigan vazifalar, joriy etiladigan tartib va amaliyotlar belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Jumladan, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:

2020 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko`ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi;

2020 yil 1 iyuldan Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qator masalalar yuzasidan axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi tatbiq qilinadi;

2020 yil 1 avgustdan boshlab Senatda O`zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, Senat kengashi va qo`mitalarining sayyor majlislarini o`tkazish tizimi yo`lga qo`yiladi;

2020 yil 1 iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasi ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar