AsosiyJamiyat

Koreyada bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga viza masalasida yangilik e`lon qilindi

'Koreyada bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga viza masalasida yangilik e`lon qilindi'ning rasmi

Xabaringiz, bor Janubiy Koreya ayni paytda dunyo bo`yicha koronavirus tarqalgan ikkinchi o`choq bo`lib turibdi. Shu munosabat bilan O`zbekiston u davlatdan bo`ladigan barcha aviaparvozlarni bekor qilgan edi. Biroq Janubiy Koreyada viza muddati tugagan ko`plab yurtdoshlarimizda davlatda qolish yoki ketish bilan bog`liq muammolar paydo bo`lgan. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hozirda Janubiy Koreyada bo`lib turgan o`zbekistonliklar diqqatiga muhim yangilikni e`lon qildi:

“Hurmatli fuqarolar, Koreya Respublikasida koronavirusning tarqalishi tez suratlarda oshib borayotganligi sababli mamlakat Adliya vazirligi tomonidan (ID card asosida) xorijiy shaxs sifatida ro`yxatdan o`tib qonuniy yurgan shaxslarning vizalarini avtomatik tarzda 2020 yil 30 aprelga qadar uzaytirganligini ma`lum qilamiz.

Buning uchun xorijiy shaxslarning migrasiya xizmati idoralariga borishlari talab etilmaydi.

Bu tartib Koreya Respublikasi xududida 2020 yilning 24 fevraliga qadar qonuniy tarzda bo`lgan xorijiy shaxslarga nisbatan qo`llanadi.

Shu bois, ushbu holat Sizning Koreyani tark etishingizga zarurat tug`dirmasligini ma`lum qilamiz”, — O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi xabarini bergan Agentlik.

    Boshqa yangiliklar