AsosiyJamiyat

O`zbekistonga xitoyliklar kirishda davom etmoqda. Ayni paytda bizda vaziyat qanday?

'O`zbekistonga xitoyliklar kirishda davom etmoqda. Ayni paytda bizda vaziyat qanday?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 2 mart kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra ko`ra, dunyo bo`yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 89 066 nafarni tashkil etmoqda, kasallikdan 3 045 nafar fuqarolar vafot etgan. Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari koronavirus dunyoning 64 davlatida 8 892 ta holatda qayd etilgan.

Kasallikning 2 mart kuni (bir kunlik) o`sishi Xitoyda 206 nafar (0,25 %), boshqa davlatlarda esa 2084 nafar (23,4 %) ni tashkil etdi.

Janubiy Koreyadan charter reys bilan olib kelingan fuqarolar Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra 14 kun muddat (kasallikning yashirin davri) davomida tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi. Fuqarolar kuniga 2 mahal tibbiy ko`rikdan o`tkazilmoqda. Fuqarolar orasida koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari aniqlanmadi.

Ma`lumot uchun: 1 mart kuni Toshkent xalqaro aeroportiga horijiy davlatlardan 28 ta reys orqali 4 422 nafar, temir yo`llar orqali 5 ta poezdda jami 702 nafar shaxslar, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 816 ta avtotransportlarning egalari va 40 654 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazildi. Xitoy Xalq Respublikasidan 21 nafar Xitoy fuqarolari va 7 nafar O`zbekiston fuqarolari, shunungdek Janubiy Koreyadan 7 nafar O`zbekiston fuqarolar kelgan bo`lib, ularning boradigan manzillari aniqlanib, salomatlik holati ustidan tibbiy kuzatuv tashkil etildi.

Epidemiologik ko`rsatmaga asosan, joriy yilning 2 mart kuniga qadar jami 1 478 ta namuna COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tekshirildi, ularda mazkur infeksiya aniqlanmadi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 2 mart holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mamlakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda, deyilgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi markaziy shtabi xabarida. 

    Boshqa yangiliklar