AsosiyJamiyat

Oltinsoyda boshqaruvni yo`qotgan “Neksiya” haydovchisi “Zil”ga urilib, halok bo`ldi

'Oltinsoyda boshqaruvni yo`qotgan “Neksiya” haydovchisi “Zil”ga urilib, halok bo`ldi'ning rasmi

Oltinsoy tumanida 2020 yil 15 fevral kuni taxmanan soat 16.00 da, tumanning “Qiziltepa” mahallasi hududidan o`tuvchi mahalliy yo`lda, Sho`rchi tumani “Egarchi” mahallasida yashovchi Sh.A. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtoulovini boshqarib borib, boshqaruvni yo`qotishi oqibatida, qarama-qarshi tomonidan kelayotgan, Sho`rchi tumani “Oynako`l” mahallasida yashovchi A.A. boshqaruvidagi Zil rusumli avtoulovining yo`liga chiqib ketib, to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada Neksiya yo`lovchisi, Qumqo`rg`on tumanida yashovchi M.X. Sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 29 fevral kunidagi xulosasiga ko`ra “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir” tan jarohati olib, 29 fevral kuni soat 09.30 da, kasalxonada vafot etgan. 29 fevral kuni Sh.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar