Avval xabar qilinganidek, bugun ijtimoiy tarmoqlarda Mirishkor tumani hokimining ovozi aks etgan audio tarqaldi. Undagi haqoratlar mahalla raislariga atalgani aytilgan mazkur ovoz Mirishkor tumani hokimiga tegishli ekanligi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan rasman tasdiqlandi. Ayni paytda esa Bosh prokuratura ushbu masalaga e`tibor qaratdi.
Keltirilishicha, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil 02 mart kuni Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovga mansubligi ta`kidlanib, tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o`rganilmoqda.
O`rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko`rib chiqilib, ular yuzasidan qo`shimcha bayonot beriladi.






