AsosiyJamiyat

Namanganlik 11 nafar o`quvchi Respublika ochiq fan olimpiadasida g`olib chiqib, muddatidan avval talabalikka qabul qilindi

'Namanganlik 11 nafar o`quvchi Respublika ochiq fan olimpiadasida g`olib chiqib, muddatidan avval talabalikka qabul qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-sonli qarorida umumta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasida qo`shimcha respublika va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish yuzasidan berilgan vazifalar bajarilishini ta`minlash maqsadida joriy yilning 24-29 fevral kunlari Andijonda O`zbekiston - Sharda universiteti bilan hamkorlikda “Talabalikka bir qadam” ochiq olimpiadasi o`tkazildi.

Ushbu olimpiadada Respublikamizdagi umumta`lim maktablarining 2500 dan ziyod 9-, 11-sinf o`quvchilari bellashdilar.

Olimpiadada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan jami 50 ta onlayn tartibda (40 ta savol fan yo`nalishi va 10 ta savol ingliz tili fanidan) savollar uchun 75 daqiqa vaqt berildi va 100 ballik tizimda baholandi.

Olimpiada uchun test topshiriqlari Xalq ta`limi vazirligining Fan olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash departamenti hamda O`zbekiston - Sharda universiteti bilan hamkorlikda tuzildi.

Quvonarlisi, 350 nafar olimpiadada qatnashgan Namangan viloyati ishtirokchilarining 11 nafari faxrli o`rinlarni egalladilar. Namangan shahridagi 1-DIMI 10-sinf o`quvchisi Samandar Ummataliev biologiya fanidan 1- o`rinni, Chortoq tumanidagi 5-DIMI 9-sinf o`quvchisi Jasurbek Jamoldinov fizika fanidan 1-o`rinni, Pop tumanidagi 16-DIMI 9-sinf o`quvchisi Maxliyo Isaqova biologiya fanidan 2-o`rinni, Namangan shahridagi 1-DIMI 9-sinf o`quvchisi Isoxon Kamolxanov kimyo fanidan 2-o`rinni, To`raqo`rg`on tumanidagi 17-DIMI 10-sinf o`quvchisi Samandar Qudratullaev fizika fanidan 2-o`rinni, Namangan shahridagi 1-DIMI 9-sinf o`quvchisi Ruxshona Zokirjanova matematika fanidan 2-o`rinni, Pop tumanidagi 10-DIUO`TM 9-sinf o`quvchisi Kamola Turg`unova biologiya fanidan 3-o`rinni, Pop tumanidagi 11-DIMI 9-sinf o`quvchisi Ozodxo`ja Maripxanov kimyo fanidan 3-o`rinni, Uchqo`rg`on tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi 10- sinf o`quvchisi Dilmurod Mo`minov matematika fanidan 3-o`rinni, Uychi tumanidagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabi 10-sinf o`quvchisi Javlonbek To`lqinbaev kimyo fanidan 3-o`rinni, Pop tumanidagi 10- umumiy o`rta ta`lim maktabi 11-sinf o`quvchisi Navruza Xidoyatova biologiya fanidan 3-o`rinlarni qo`lga kiritdilar. 

Namangan viloyati vakillari umumjamoa hisobida respublika bo`yicha 2-o`rinni egalladilar hamda tashkilotchilar tomonidan talabalik sertifikati, diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

1-o`rinni olgan talabalar Sharda universitetiga grand asosida qabul qilinadi. 2-o`rin egalariga Sharda universitetiga 50 foiz, 3-o`rin egallagan o`quvchilarga 30 foiz kontrakt to`lovga imtiyoz beriladi. Sertifikatlar 3 yilgacha o`z kuchini saqlab qoladi.

    Boshqa yangiliklar