AsosiyJamiyat

Namanganda parfyumeriya savdosi bilan shug`ullangan maktab o`rganilmoqda

'Namanganda parfyumeriya savdosi bilan shug`ullangan maktab o`rganilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi umumta`lim maktablaridan birida dars boshlanishi arafasida parfyumeriya mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanilganlik holati aks etgan videolavha namoyish etildi.

Mazkur videolavhada maktab sinf xonasida dars boshlanishi arafasida shunday holat kuzatilgani qayd etilgan.

Namangan shahar xalq ta`limi bo`limi tomonidan mazkur holatni o`rganish uchun ishchi guruhi tuzildi. Ishchi guruh tomonidan holat o`rganilib, vaziyatga aniqlik kiritiladi hamda natijasi bo`yicha xulosaga kelinadi.

Maktab – ma`rifat dargohi, ilm maskani. Unda kelajak kamol topadi, o`quvchi-yoshlar ta`lim tarbiya oladi. Shunday ekan, bu masalaga ozgina bo`lsa-da, e`tiborsizlik, yo`l qo`yilgan arzimasdek tuyulgan, ma`lum bir xatolik ham ertaga jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shuni nazarda tutgan holda maktablarda ta`lim-tarbiya jarayonlarini munosib tashkil etish, ma`naviy-ma`rifiy ishlarga e`tiborni kuchaytirish doimiy diqqat markazida bo`ladi

    Boshqa yangiliklar