AsosiyJamiyat

“Narxoz”ga imtihonsiz kirish imkoni yaratiladi

'“Narxoz”ga imtihonsiz kirish imkoni yaratiladi'ning rasmi

2020/2021 o`quv yilidan boshlab tashkil etiladigan “Narxoz”ning tayyorlov kurslari bitiruvchilari universitetga kirish sinovlarisiz to`lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo`l xaritasi” loyihasida keltirib o`tilgan.

Hujjatga asosan 2020/2021 o`quv yilida tayyorlov kursi tashkil etish va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Shuningdek, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab tashkil etiladigan tayyorlov kurslari bitiruvchilarini universitetga kirish sinovlarisiz to`lov-kontrakt asosida qabul qilish tizimini joriy etish, o`quv kurslari tashkil etish va bajarilish muddati 2020 yil sentyabr qadar belgilangan.

Ijro uchun mas`ullar - Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

    Boshqa yangiliklar