O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi ma`lumotiga asosan koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida O`zbekiston hududida karantin choralari tatbiq etilishi munosabati bilan 2020 yil 1 martdan aviaqatnovlar soni qisqartirilib, har haftada bir marotaba paritet asosida parvozlar galma-gal quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
8 mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;
15 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan;
22 mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;
29 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan.
Shu bilan birga, Toshkentga qaytib borgan fuqarolar shahar tashqarisidagi maxsus joyda 14 kun mobaynida karantinda saqlanib, tegishli ko`rikdan o`tgandan so`ng, ularga uyga qaytishga ruxsat beriladi.
Koreya Respublikasi hukumati tomonidan koronavirus tarqalishi oldini olish bo`yicha yuqori tibbiy texnologiyalarning qo`llanilayotgani hamda chet el fuqarolarining malakali bepul davolanishi kafolatlashi bois, O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi O`zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish fikridan to`xtab turishni tavsiya etadi. Shu munosabat bilan, fuqarolarga o`z sog`liqlarini asrash va virusni tarqalishiga qarshi kurash bo`yicha Koreya hukumatining talablariga rioya qilish tavsiya etiladi.
- O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi:
☎️ (+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60;
- “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi (aviachiptalar masalalari bo`yicha):
☎️ (+82) 10 8718-6850;
- Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvandju shahridagi vakolatxonasi (mehnat migrasiyasi masalalari bo`yicha):
☎️ (+82) 10 8495-0027.






