COVID-19 koronavirusining O`zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimiz Transport vazirligi Afg`oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Italiya Respublikasi aviasiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yil 1 martdan mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinchalik to`xtatilganligi to`g`risida rasman xabardor qildi.
O`zbekiston tomoni koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyatning barqarorlashishi bilan mazkur mamlakatlar aviakompaniyalarining mavjud slotlari qayta tiklanishiga kafolat berilishini tasdiqladi.
O`zbekiston fuqarolariga Afg`oniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxshilanishiga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og`rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo`lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O`zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari (https://mfa.uz/uz/consular/consular/)ga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.






